2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi 1 mlrd 341,6 mln AQSH dollarini tashkil etib, shundan eksport 595, mln AQSH dollarini, import 828,6 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.
Tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
Rossiya Federatsiyasi - 32,0 %;
Xitoy Xalq Respublikasi - 23,8 %;
Qozog‘iston - 6,3 %;
Qirg‘iz Respublikasi - 5,7 %;
Hindiston - 5,4 %;
Turkiya - 5,4 %;
Germaniya - 3,5 % ni tashkil etgan.
Tashqi savdo aylanmasi yuqori bo'lgan hududlar;
Namangan sh– 575,7 mln $;
Toʼraqoʼrgʼon– 130,6 mln $;
Kosonsoy– 116,4 mln $;
Chust– 113,3 mln $;
Uychi– 86,8 mln $;
Pop– 73,3 mln. AQSH dollari.
Ma’lumot o‘rnida, 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyati jahonning 77 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.