27/01/2025

Mingbuloq tumani 1952- yil 15- aprelda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 0,74 ming kv.km tashkil etadi. 2025- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 139,8 ming kishini tashkil etib, 2024- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 2,9 ming kishiga ko‘paydi.

Doimiy aholining 51,0 %ini erkaklar, 49,0 %ini ayollar tashkil etadi. 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 3 427 kishini, vafot etganlar soni 552 kishini tashkil qilgan.

Shuningdek, 2024- yilda FHDYO organlarida 1005 ta nikohlar va 170 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan.