2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Mingbuloq tumanida asosiy kapitalga 1 trln 266,1 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 248,7 % ni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 68,3 % i chet el investitsiyalari va kreditlari hissobiga to‘g‘ri kelgan.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 76,4 % i yangi qurilish ishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Aholi jon boshiga kiritilgan investitsiyalar 9 mln 154,8 ming so‘mni tashkil etgan.