29/01/2025

2024- yilda Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 68,9 trln so‘mni tashkil etib, 2023- yil bilan taqqoslaganda 7,6 % ga o‘sdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 22 mln. 239 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,3 % ga yuqoriladi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari:

Qurilish - 12,8 %,

Sanoat - 108,3 %,

Xizmatlar - 108,8 %,

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi -104,3 % ni tashkil etgan.

Kichik tadbirkorlikning YAHMdagi ulushi 73,4 % ga to‘g‘ri kelgan.