30/01/2025

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 400,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

O'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 100,2 % ga yetdi. Viloyatimizga kiritilgan jami investitsiyalar hajmining 0,7 % i tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hissasiga to'g'ri kelmoqda.