2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatining yalpi hududiy mahsulot hajmi 68,9 trln so‘mni tashkil etib, shundan 73,4 % i kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha;
ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi–16 trln so‘m;
bajarilgan qurilish ishlari hajmi–11,8 trln so‘m;
asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi–43,8 trln so‘m;
ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi-32,6 trln so‘m;
chakana savdo tovar aylanmasi hajmi–23,3 trln so‘m;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi–33,3 trln so‘m;
eksport–294,2 mln AQSH dollari;
import–503,4 mln AQSH dollari;
avtomobil transportida tashilgan yuklar–35,2 mln tonna;
avtomobil transportida tashilgan yo‘lovchilar soni–455,4 mln kishi.