2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida 3,5 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 112,1 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida yuqori ulushni 65 % bilan Namangan shahri qayd etilgan.
Shuningdek, bozor xizmatlari tarkibida moliyaviy xizmatlarning ulushi 8,2 % ga to‘g'ri kelmgan.
Moliyaviy xizmatlar tarkibidagi sug‘urta va nafaqa xizmatlaridan tashqari xizmatlarning ulushi, 2024- yil yanvar-dekabr oylarida 94,1 % ni tashkil etdi.