31/01/2025

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatning eksportyorlari tomonidan jami 57 ta davlatga 596,5 mln.AQSH.dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 3,5 % ga ko‘paydi.

Eksport tarkibida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar: - Rossiya – 58,8 %, Xitoy – 8 %, Qirg‘iziston – 7,2 %, Qozog‘iston – 4,9 %, Turkiya - 4 % hamda Germaniya - 2,4 % hissasiga to‘g‘ri kelgan.