Joriy yilning 31- yanvar kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan joriy yilning yanvar oyi davomida O‘zbekiston Respublikasining 5 ta yangi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18 ta Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 18 ta qarori qabul qilinganligi to‘g‘risida xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminarda, yangi qabul qilingan qonun hujjatlari va ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar ham berish bilan birga ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javoblar berib oʻtildi.