03/02/2025

2025- yilning 1- yanvar holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 3 890 ta bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 16,3 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan, kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 829 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • Namangan shahri – 1 455 ta;
  • Kosonsoy tumani – 292 ta;
  • Namangan tumani – 286 ta;
  • Chust tumani – 279 ta;
  • Uychi tumani – 278 ta
  • To‘raqo‘rg‘on tumani – 263 ta;
  • Yangiqo‘rg‘on tumani – 221 ta;
  • Pop tumani – 190 ta;
  • Norin tumani – 189 ta;
  • Uchqo‘rg‘on tumani – 167 ta;
  • Chortoq tumani – 160 ta;
  • Mingbuloq tumani – 110 ta.