2025- yilning 1- yanvar holatiga Namangan viloyatida jami 3 890 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida qiymati 32 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p sanoat mahsulotlari Namangan shahrida – 10 trln so‘m, To‘raqo‘rg‘on – 6,1 trln so‘m hamda Chust – 2,3 trln so‘mni tashkil etgan.