2025- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, Yangi Namangan tumanida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar 52 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 taga ko‘paygan. Shuningdek, ular tomonidan 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasida 31,9 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 4,8 mlrd so‘mga ko‘pagan. O‘tgan 2024- yilda sog‘liqni saqlash sohasida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 194 ming 700 so‘mdan to‘g‘ri kelgan.