2025- yilning 1- yanvar holatiga Yangi Namangan tumani doimiy aholisi soni 166,1 ming kishini tashkil etib, 2024- yil boshiga nisbatan 4,2 ming kishiga ko‘paydi.
Jumladan, Yangi Namangan tumani aholisining 85,4 ming nafarini erkaklar, 80,7 ming nafarini ayollar tashkil etgan.
2024 yilning yanvar-dekabr oylarida 4 847 ta tug‘ilish va 648 ta vafot etish holatlari qayd etilgan. Shuningdek, 2024- yilda FHDYO organlarida 1 227 ta nikohlar va 118 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan.
Doimiy aholining 92,7 % ini o‘zbeklar, 7,3 % ini boshqa millat vakillari tashkil etgan.
04/02/2025