04/02/2025

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Pop tumani eksportyorlari tomonidan xorijiy davlatlarga 45 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

O‘sish sur’ati 2023- ylning mos davriga nisbatan 278,5 % ga yetgan. Eksport tarkibida katta ulushni sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari - 75,5 % ni, bug‘doy, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari - 20,1 % ni, boshqa mahsulotlar – 4,4 % ni tashkil etgan. Tovarlar eksporti dunyoning 17 mamlakatiga amalga oshirilgan.