2025- yilning 1- yanvar holatiga Yangi Namangan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 483 tani tashkil etib, ular tomonidan 2024- yilning yanvar-dekbr oylarida 3,6 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqrilgan. Bu esa 2023- yilnining mos davriga nisbatan 679,8 mlrd so‘mga ko‘paygan.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan sanoat mahsulotlari hajmi 21 mln 648,6 ming so‘mgan yetib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 150,5 % ga yetgan. Viloyat bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda Yangi Namangan tumanining qo‘shgan hissasi 11,1 % ga to‘g‘ri kelmoqda.