06/02/2025

Pop tumani 1931- yil 10- iyunda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 2,91 ming kv.km tashkil etadi. 2025- yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 239,9 ming kishini tashkil etib, 2024- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 4,2 ming kishiga ko‘paydi.

Doimiy aholining 50,3 % ini erkaklar, 49,7 % ini ayollar tashkil etadi. 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 5 604 kishini, vafot etganlar soni 1 179 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2024- yilda FHDYO organlarida 1 624 ta nikohlar va 337 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan.