2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Mingbuloq tumanida ishlab chiqarilgan qishloq ho‘jaligi mahsulotlarining hajmi 2,2 trln so‘mni, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni tashkil etdi.
Shundan, 61,1 % ini dehqonchilik hamda 38,9 % ini chorvachilik mahsulotlari tashkil etgan.
O‘tgan 2024- yilda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 101,2 ming tonna donli ekinlar, 10,2 ming tonna kartoshka, 32 ming tonna sabzavotlar, 41 ming tonna poliz mahsulotlari, 10,2 ming tonna meva va rezavorlar hamda 1,4 ming tonna uzum yetishtirildi.
Shuningdek, tirik vaznda 11,3 ming tonna go‘sht, 49,4 ming tonna sut, 27,1 mln. dona tuxum olindi va 5,8 ming tonna baliq ovlangan.