2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Mingbuloq tumani eksportyorlari tomonidan xorijiy davlatlarga 10,2 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.
O‘sish sur’ati 2023- ylning mos davriga nisbatan 518,0 % ga yetgan. Eksport tarkibida katta ulushni sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari - 74,5 % ni, bug‘doy, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari - 21,5 % ni, boshqa mahsulotlar – 4,0 % ni tashkil etgan. Tovarlar eksporti dunyoning 15 mamlakatiga amalga oshirilgan.