13/02/2025

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 362 ming tonna kartoshka yetishtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 6 % ga ko‘paygan.

2023-yilning mos davriga nisbatan koʻrsatib oʻtilgan davrlarda, fermer xoʻjaliklarida 9,0 %, dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida 3,7 % va qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 41,6 % oʻsish qayd etildi.