14/02/2025

Namanganda 2025- yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 19 547 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 490 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi tumanlarda qayd etilgan:

  • Namangan shahri – 688 ta;
  • Chust tumani – 118 ta;
  • Uychi tumani – 104 ta;
  • Namangan tumani – 91 ta.

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 475 ta;
  • sanoat sohasida – 273 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 238 ta;
  • qurilish sohasida – 216 ta;
  • tashish va saqlash sohasida – 113 ta.