Joriy yilning 14- fevral kuni Norin tumanida "Isteʻmol narxlari indeksi” kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi boʻyicha navbatdagi narx kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B. Xoliqov hamda Norin tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Z. Imamov tomonidan nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi qiyosiy o‘rganildi va olingan ma’lumotlar planshet qurilmasiga qayd etib borildi.
Shuningdek, B. Xoliqov tomonidan narx registratoriga kuzatuvlarda asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi.