17/02/2025

2025- yilning 1- yanvar holatiga Davlatobod tumani doimiy aholisi soni 162,9 ming kishini tashkil etib, 2024 yil boshiga nisbatan 3,5 ming kishiga ko‘paydi.
Jumladan, Davlatobod tumani aholisining 83,8 ming nafarini erkaklar, 79,1 ming nafarini ayollar tashkil etgan.
2024- yilning yanvar-dekabr oylarida 3 942 ta tug‘ilish va 639 ta vafot etish holatlari qayd etilgan. Shuningdek, 2024- yilda FHDYO organlarida 1 072 ta nikohlar va 227 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan.
Doimiy aholining 87,7 % ini o‘zbeklar, 12,3 % ini boshqa millat vakillari tashkil etgan.