18/02/2025

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatiga Respublika kafolati ostida bo‘lgan chet el kreditlari hisobidan kiritilgan investitsiyalar hajmi 645,9 mlrd so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 76,2 % ni tashkil etdi. Bu viloyatga kiritilgan jami investitsiyalar hajmining 1,2 % iga to'g'ri kelmoqda.