Joriy yilning 18- fevral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R. Jiyanov hamda Kosonsoy tumani statistikasi bo‘limi boshlig‘i A. Qirg‘izov tomonidan Kosonsoy tumanida navbatdagi 12 narx (iste’mol) kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv jarayonida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi qiyosiy o‘rganildi va olingan ma’lumotlar planshet qurilmasiga qayd etib borildi.
Kuzatuv davomida dislokatsion nuqtalar holati bilan tanishildi va narx registratoriga kerakli tavfsiyalar berildi.