2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha qurilish sohasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 4 mln 635,5 ming so‘mga to‘g‘ri keldi. O‘sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 134 % ni tashkil etgan.
Qurilish faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Namangan shahrida 5 mln 707,4 ming so‘m, Norin tumanida 5 mln 163,9 ming so‘m hamda Namangan tumanida 4 mln 889,7 ming so‘mda qayd etildi.
✅ Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-mart oylarida ushbu sohada o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 3003,2 ming so‘m bo‘lgan.
Axborot xizmati