19/02/2025

Joriy yilning 18- fevral kuni Norin tumanida "Isteʻmol narxlari indeksi” kuzatuvining oziq-ovqat guruhi boʻyicha navbatdagi narx kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuv jarayonida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B. Xoliqov hamda Norin tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Z. Imamov tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi qiyosiy o‘rganildi va olingan ma’lumotlar planshet qurilmasiga qayd etib borildi.

Shuningdek, B. Xoliqov tomonidan narx registratoriga kuzatuvlarda asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini bildirdi.