2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida aholi mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2 trln 942,1 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 1,8 % ga ko‘paygan.
Viloyat bo‘yicha jami kiritilgan investitsiyalar hajmida aholi mablag‘larining qo‘shgan ulushi 5,5 % ga to‘g‘ri kelgan.