20/02/2025

Joriy yilning 19- fevral kuni Namangan shahrida "Isteʻmol narxlari indeksi” kuzatuvining oziq-ovqat guruhi boʻyicha navbatdagi narx kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuv jarayonida Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayev hamda Namangan shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Sh. Rahimjanov tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi qiyosiy o‘rganildi va olingan ma’lumotlar planshet qurilmasiga qayd etib borildi.

Kuzatuv davomida dislokatsion nuqtalar holati bilan tanishildi va boshqarma boshlig‘i tomonidan narx registratoriga kerakli tavfsiyalar berildi.