07/02/2025

 Joriy yilning 7- fervral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2025-yildagi “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-33-son Qarorining mazmun-mohiyati to‘g‘risida xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi. 

Mazkur qaror bilan harakati (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili sud majlisida majburiy ishtirok etishini ta’minlaниши va ma’muriy sud ish yurituvida ishlarning tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashga hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga o‘z huquqlarini himoya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan dastlabki eshituv institutini joriy etiilishi, davlat organi qarori yoki uning mansabdor shaxsi harakati (harakatsizlik) ustidan berilgan arizani ma’muriy sudlarda ko‘rishda mansabdor shaxs yoki uning vakili zarur tushuntirishlar berish uchun sud muhokamasida ishtirok etishi shart hisoblanishligi va zarur deb topilgan hollarda ma’muriy ishni ko‘rib chiqish keyinga qoldirilishi, uning ishtiroki ishning har tomonlama, to‘liq va to‘g‘ri hal qilinishiga to‘sqinlik qilmagan taqdirda, ish davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi, sud muhokamasiga kelmagan va uning kelmaganligi sud tomonidan uzrli deb topilmagan taqdirda, mansabdor shaxsga nisbatan sud jarimasi qo‘llanilishini tushuntirildi.

Shuningdek, 2025-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlik subyekti tomonidan tan olingan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha soliq organi tomonidan ushbu tadbirkorlik subyektining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yilishi hamda tadbirkorlik subyekti soliqqa oid huquqbuzarlikni tan olmagan hamda soliq organi tomonidan o‘zining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatib qo‘yilishiga e’tiroz bildirgan taqdirda, ushbu masala amaldagi tartibga muvofiq soliq organi arizasiga asosan sud tomonidan hal etilishi belgilanganligini seminar qatnashchilariga tushuntirib o‘tildi. 

Yig‘ilish qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.