Joriy yilning 28- fervral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan joriy yilning fevral oyi davomida yangi qabul qilingan qonun hujjatlari xususida tushunchalar berildi.
Xususan, ushbu oyda O‘zbekiston Respublikasining 15 ta yangi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24 ta Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 20 ta qarori qabul qilinganligi to‘g‘risida xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Yig‘ilish qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.