26/02/2025

2025- yilning yanvar oyida Namangan viloyatida jami 472,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2024- yilning mos davriga nisbatan 108,8 % ni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibi:

Yirik qurilish tashkilotlari - 6,6 %;

Norasmiy sektor - 37,7 %;

Kichik korxona va mikrofirmalar - 55,7 %;

✅ Ma'lumot o‘rnida, qurilish ishlari hajmi bu – o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari, yangi qurilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda boshqa pudrat qurilish ishlari natijasidir.