03/03/2025

2025- yilning yanvar oyida Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1,6 trln so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 11,5 % ga ko‘paygan.

yirik korxonalarning tovar aylanmasi 0,2 trln so‘mni,

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 1,4 trln so‘mni tashkil etdi.

Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushga ega bo'lgan hududlar;

Namangan shahri - 44,9 %;
Chust tumani - 6,5 %;
Pop tumani - 6,4 %;
To'raqo'rg'on tumani - 5,8 %;
Yangiqo‘rg‘on tumani - 5,2 % ni tashkil etgan.

2025- yilning yanvar oyida o'rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 501,9 ming so'mdan to'g'ri kelgan.

Shuningdek, 2025- yil 1- fevral holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 4 244 tani tashkil etib, shundan, 79 tasi yirik korxonalardir.