2025- yilning yanvar oyida Namangan viloyatida 447,8 mlrd so‘mlik transport xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 14 % ga ko‘paygan.
Hududlar kesimida eng ko‘p tranport xizmatlar Namangan shahrida 144,6 mlrd so‘mni hamda Chust tumanida 33,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Transport xizmatlarining umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlari ulushi 86,7 foizga to‘g‘ri kelgan.