07/03/2025

2025- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 221 tani, shundan qo‘shma korxonalar 91 ta va xorijiy korxonalar 130 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

  • Sanoat sohasida – 92 ta;
  • Savdo sohasida – 55 ta;
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 17 ta;
  • Qurilish sohasida – 13 ta;
  • Tashish va saqlash sohasida – 7 ta;
  • Axborot va aloqada – 6 ta;
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 7 ta;
  • Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 5 ta;
  • Boshqa sohalarda – 19 ta.