14/03/2025

2025- yilning 1- fevral holatiga Namanganda jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 19 919 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 527 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi tumanlarda qayd etilgan:

  • Namangan shahri – 709 ta;
  • Chust tumani – 123 ta;
  • Uychi tumani – 109 ta;
  • Namangan tumani – 87 ta;

 Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:

  • savdo sohasida – 482 ta;
  • sanoat sohasida – 277 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 243 ta;
  • qurilish sohasida – 216 ta;
  • tashish va saqlash sohasida – 112 ta.