2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 6 mln 466,2 ming so‘mga to‘g‘ri keldi. O‘sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 111,1 % ni tashkil etgan.
Axborot va aloqa faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Namangan shahri (7 mln 604,5 ming so‘m), Uchqo‘g‘on tumani (2 mln 533,5 ming so‘m) hamda Norin tumani (2 mln 491,8 ming so‘m) da kuzatildi.
✅ Ma'lumot o‘rnida, 2021- yilning yanvar-mart oylarida ushbu sohada o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdori 1904,5 ming so‘m bo‘lgan.
Axborot xizmati