2025- yilning yanvar-fevral oyida viloyatimizda yangi tashkil etilgan korxonalar soni 727 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida–312 ta;
sanoat sohasida–102 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida–95 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida–50 ta;
qurilish sohasida–27 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida–27 ta
axborot va aloqa sohasida–23 ta;
tashish va saqlash sohasida–15 ta;
boshqa sohalarda–76 ta.