2025- yilning yanvar oyida Namangan viloyatida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 3,7 mlrd so‘mni tashkil etib, jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,2 % ini tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 2024- yilning mos davriga nisbatan 152,3 % ga yetgan.
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – tabiatda qattiq jinslar shaklida uychraydigan (ko‘mir, ruda), suyuq holatda uchraydigan (neft) yoki gazsimon holatda uchraydigan (tabiiy gaz) foydali qazilmalarni qazib olishni o‘z ichiga oladi.