2025- yilning yanvar-fevral oylarida Namanagan viloyati 42 ta davlatga qiymati 90,6 mln AQSH dollarilik tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirgan bo‘lib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 1,3 mln AQSH dollariga ko‘paygan.
Eksport hajmida eng yuqori ulushga ega davlatlar:
Rossiya – 61,0 mln. AQSH dollari, 67,3 %;
Turkiya – 4,5 mln. AQSH dollari, 5,0 %;
Xitoy – 3,9 mln. AQSH dollari, 4,3 %;
Qozog‘iston – 3,4 mln. AQSH dollari, 3,8 %;
Germaniya. – 2,7 mln. AQSH dollari, 3,0 % ni tashkil etdi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 98,9 % ni tashkil etib, ular sanoat tovarlari (53,6 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (10,0 %) va mashinalar va transport asbob-uskunalari (3,3 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
25/03/2025