2025- yil 1- mart holatiga Namangan viloyatida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 173 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 5 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 168 tani tashkil qildi.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-fevral oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 2,7 trln so‘mga yetib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 6,2 % ga oshdi.
Savdo aylanmasining 88,1 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.