2025- yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatida qiymati 566,1 mlrd so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surati 2024- yilning mos davriga nisbatan 115,3 foizga yetgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p moliyaviy xizmatlar Namangan shahrida 378,7 mlrd so‘mni, Chust tumanida 30,4 mlrd so‘mni hamda Pop tumanida 22,9 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, moliyaviy xizmatlar tarkibidagi sug‘urta va nafaqa xizmatlaridan tashqari xizmatlarning ulushi 93,6 foizni tashkil etdi.