2025- yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan qiymati 700 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘sish sur’ati 2024- yilning mos davriga nisbatan 102,6 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida kichik korxonalar tomonidan eng ko‘p qurilish ishlari Namangan shahrida 256,6 so‘mni, Chortoq tumanida 55,7 mlrd so‘mni hamda Uychi tumanida 55,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Umumiy qurilish ishlari hajmida kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 36,7 % ni tashkil etgan.