2025- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 223 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 100,0 foizni tashkil etgan. Ularning hududlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha aks etdi:
- Namangan shahri – 98 ta;
- Kosonsoy tumani – 17 ta;
- Chust tumani – 17 ta;
- Pop tumani – 15 ta;
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 14 ta;
- Uychi tumani – 13 ta;
- Namangan tumani – 9 ta;
- Norin tumani – 9 ta;
- Chortoq tumani – 6 ta;
- Mingbuloq tumani – 4 ta;
- Uchqo‘rg‘on tumani – 5 ta.