27/03/2025

2025- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha 1 300 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan 2025- yilning yanvar-fevral oylarida 1 trln 325 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

O‘sish sur’ati 2024- yilning mos davriga nisbatan 110,7 % ni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibi:

yirik qurilish tashkilotlarining ulushi - 8,1 %;

norasmiy sektor - 39,1 %;

kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi - 52,8 % ni tashkil etgan.