Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatining iqtisodiy holati raqamlarda:
sanoat ishlab chiqarish hajmi – 4,2 trln so‘m;
qurilish ishlari hajmi – 1,3 trln so‘m;
chakana savdo tovar aylanmasi – 3,3 trln so‘m;
bozor xizmatlari hajmi – 6,8 trln so‘m;
tashqi savdo aylanmasi – 221,4 mln AQSH dollari;
eksport – 90,6 mln AQSH dollari;
import – 130,8 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
2025- yilning 1- mart holatiga viloyatimizda jami 24 654 korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shundan, 20 448 tasini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.