2025 yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatidan 42 ta davlatga qiymati 90,6 mln. AQSH dollarilik tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mln AQSH dollariga ko‘paygan.
Eksport hajmida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar Rossiya (67,3 %), Turkiya (5,0 %) hamda Xitoy (4,3 %) ekanligi qayd etilgan.