2025- yilning yanvar-fevral oylarida Chortoq tumani jahonning 11 davlatidan qiymati 12,5 mln. AQSH. dollari miqdorida tovarlar va xizmatlar importini amalga oshirgan bo‘lib, bu 2024- yil mos davriga nisbatan 7,7 mln. AQSH. dollariga ko‘paygan. Import tarkibida katta ulushni oziq-ovqat mahsulotlari, avtomobillar va transport asbob uskunalari tashkil etgan.