Joriy yilning 7- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2025-yildagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni mazmun-mohiyati haqida boshqarma xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Mazkur Farmon bilan quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilanganligini tushuntirildi.
Jumladan,
- makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish;
- integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish;
- “mahalladan — respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash;
- xorijiy statistika organlari hamda sohaga oid xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ular yordamida kadrlar salohiyatini oshirish;
- aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari ehtiyojidan kelib chiqib yangi statistik mahsulot va xizmatlarni joriy etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilanganligini aytdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilganligini va Respublika statistika kengashi ham tashkil etilganligini, ushbu Kengash rasmiy statistikani yuritish tizimini rivojlantirish, muvofiqlashtirish va faoliyat ko‘rsatishiga oid masalalar bo‘yicha kollegial maslahat organi hisoblanishi bundan tashqari, xodimlar soni yillik o‘rtacha 5 kishidan kam bo‘lgan va (yoki) yillik tushumi bazaviy hisoblash miqdorining 2 000 barobarigacha bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotini topshirish majburiyatini bekor qilib, har uch yilda bir marotaba statistik hisobot topshirilishini belgilanganligini hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi hisobotlarni topshirishda korxona va tashkilotlarga maslahat beruvchi “Maslahatchi” sun’iy intellektga asoslangan interaktiv xizmati, foydalanuvchilarga statistik ma’lumotlarni tez izlab topishga ko‘maklashuvchi “Tahlilchi” sun’iy intellektga asoslangan konsultativ xizmati,statistik kuzatuvlarni telefon yordamida o‘tkazish imkonini beruvchi “Call-markaz” faoliyati amalga oshirilishi haqida ham xodimlarga ma’lumotlar berildi.
2024- yil 5- yanvar kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘yicha yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3.01.2024-yilda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1-son Farmoni to‘g‘risida tushunchalar berib, unga muvofiq 2024-yil 1-maydan boshlab sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etilishi, fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanishi, bunda daromadlarning kafolatlangan eng kam miqdori fuqarolarning qarzdorliklari bo‘yicha pul mablag‘larini undirishda qo‘llanilishi va belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmiga mos kelishi, fuqaroning bank hisobvaraqlaridan, jumladan bank kartalaridan ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlik bo‘yicha pul mablag‘larini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidagi mablag‘lar hisobidan ushlab qolish (hisobdan chiqarish) taqiqlanishi, ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi pochta xarajatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirishga ham tatbiq etilishi tartibi o‘rnatilishini aytib o‘tdi.
Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.