14/03/2025

 Joriy yilning 14- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv seminarida statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti Bohodir Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2025-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-son Qarori mazmun-mohiyati haqida boshqarma xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi. 

Mazkur qaror bilan Statistik kuzatuvlarni o‘tkazish va ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, sohada islohotlarni jadallashtirish hamda xalqaro tashkilotlar ishtirokida kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi tuzilmasida “Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish” ofisi tashkil etilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi va Respublika statistika kengashi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlanganligi ham aytib o‘tildi.

Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi                          PQ-75-son qarori 2-ilovasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, u Milliy statistika qo‘mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab berishligi, Milliy statistika qo‘mitasi rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish hamda statistika dasturlari ijro etilishini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanishi va davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlarining bajarilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib borishi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qilishi va o‘z faoliyatini Respublika statistika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan bir yillik statistika dasturi asosida amalga oshirishi, statistika organlari faoliyatiga, shu jumladan, statistika hisobotlarini yig‘ish, statistika kuzatuvlarini o‘tkazish, rasmiy statistika ma’lumotlarini shakllantirish hamda ularni tarqatish va e’lon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi hamda Milliy statistika qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qaror va buyruqlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik shaxslar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanishi belgilab berilganligi to‘g‘risida xodimlarga tushuntirishlar berib o‘tildi.

Seminar davomida, Milliy statistika qo‘mitasining asosiy vazifalari va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, Milliy statistika qo‘mitasi hay’ati, boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari, Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirilishi xususida ham tushunchalar berildi.

Shuningdek, seminar davomida  Statistika kengashining funksiyalari, vakolatlari hamda Statistika kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida xodimlarga to‘liq ma’lumotlar berib o‘tildi. 

Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.