04/04/2025

2025- yilning 1- mart holatiga Pop tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 193 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida 93,1 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu esa 2024- yilnining mos davriga nisbatan 13,2 mlrd so‘mga ko‘paygan.

Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan sanoat mahsulotlari hajmi 391,5 ming so‘mga yetib, o‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,1 % ga yetgan.

Shuningdek, yanvar-fevral oylarida Pop tumani eksportyorlari tomonidan 4 ta davlatga qiymati 477 ming AQSH dollari qiymatidagi sanoat mahsulotlari eksport qilinishi taʼminlandi.